Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 315 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/2QAYUYNOZH |
| Сарлавҳа | Eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish |
| Матн | Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish 2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda; 2019-yil 1 yanvardan eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar — ularning berilgan sanasiga muvofiq holda: 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 31-martga qadar; 2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 30 iyunga qadar; 2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 30 sentyabrga qadar; 2015-yildan keyin berilganlari — 2023-yil 31 dekabrga qadar muddatlarda majburiy tartibda amalga oshiriladi. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda: 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari — 2023-yil 1 apreldan; 2010 — 2012-yillarda berilganlari — 2023-yil 1-iyuldan; 2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2023-yil 1 oktyabrdan; 2015-yildan keyin berilganlari — 2024-yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi ID-karta yoki pasport (nusxasi olinib asli qaytariladi); eski shakldagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni; davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi kvitantsiya. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. 2015-yildan keyin berilganlari — 2024 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi. Eski shakldagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi.
Shovot tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti M.O.Matyaqubov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-06-12 |
| Кўриш | 211 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |