“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3165
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/MRsLB8OJrG
Сарлавҳа“Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi
Матн

Qarorga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7576) 2024/2025-o'quv yilidan:

 

umumiy o'rta ta'lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o'tkaziladi;

 

ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.

 

2024-yil 1-dekabrgacha:

 

➖o'quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo'yicha ilmiy asoslangan o'quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;

 

➖ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.

 

2024-yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma'naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o'tkaziladi.

 

2025-yil yakunigacha ota-onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.

 

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-06-28
Кўриш243
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive