“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3166
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/pBKnesS6yc
Сарлавҳа“Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-232-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi
Матн

Qarorga ko'ra, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini (Institut) tashkil etiladi.

 

Institut yangi tarbiya metodikalarini yaratish va amaliyotga joriy qilish bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'limni amalga oshiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi hamda tarbiya sohasini takomillashtirishga oid ilmiy asoslantirilgan istiqbolli takliflar ishlab chiqadi.

 

Institut huzurida “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi”, “Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” hamda “Ijtimoiy pedagogika” ixtisosliklari bo'yicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

 

2025/2026-o'quv yilidan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich jahonda tan olingan ijtimoiy-emosional ta'lim (Social and Emotional Learning – SEL) metodikalarini joriy qilinadi.

 

Tarbiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi faoliyati tashkil etiladi.

 

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-06-28
Кўриш128
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive