Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3176 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/m4W4YVJRUE |
| Сарлавҳа | Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etiladi |
| Матн | “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan: raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”), sun'iy intellekt va boshqa ilg'or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish; huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo'yish, saqlash va tadqiq qilish bo'yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o'tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish; ➖raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish. Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi. 2024-yil 1-avgustdan Institutga raqamli kriminalistika bo'yicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni o'tkazish huquqi beriladi. Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi ma'lumotlar (“Big Data”) ekspertizasi o'tkazilishini yo'lga qo'yadi. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha to'liq versiyasi joriy etiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 965 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |