Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3181
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/eZwVMGieVn
СарлавҳаQishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi
Матн

“Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-227-son, 20.06.2024 y.) qabul qilindi

 Qarorga ko'ra, davlat muassasasi shaklida “Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (Loyiha ofisi) tashkil etiladi.

Loyiha ofisi har oyda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo'llari to'g'risida Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi va Loyiha ofisi tomonidan:

2024 yilda:

➖meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish va eksport ulushini oshirish uchun Samarqand, Farg'ona va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos bo'lgan 3 ta zamonaviy laboratoriya tashkil etish choralari ko'riladi.

2024/2025 o'quv yilidan:

➖agrar sohadagi oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini, pedagoglarining malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari faoliyatini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi takomillashtiriladi;

➖Toshkent davlat agrar universitetida ta'lim yo'nalishlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o'tkaziladi.

  Loyiha ofisiga tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish huquqi beriladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-06-28
Кўриш596
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive