Tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo'ysunadi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3216
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/TyXu01fOym
СарлавҳаTergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo'ysunadi
Матн

Farmonga ko'ra: (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7519)

tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo'ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi;

tergov sudyalarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

tergov sudyasining tashkiliy faoliyatiga rahbarlik tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari tomonidan amalga oshiriladi.

 Qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlash tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

 Tergov sudyasi lavozimi uchun shtat birliklari sudlarning mavjud shtat birliklari hamda 2025–2027 yillar uchun ajratiladigan qo'shimcha shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.

            Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-06-28
Кўриш818
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive