Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3237 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/cFkGdorwNo |
| Сарлавҳа | Xodim mavjud manfaatlar to'qnashuvi o'ziga ma'lum bo'lganda rahbariga yoki maxsus bo'linmaga xabar berishi shart |
| Матн | Qonunga ko'ra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar to'qnashuvi o'ziga ma'lum bo'lib qolgan paytdan e'tiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar to'qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to'ldirishi va o'zining bevosita rahbariga (tashkilot rahbariga – yuqori turuvchi rahbarga) yoki maxsus bo'linmaga taqdim etishi shart, agar: yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo'ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo'lsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o'ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo'lsa; u o'ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo'lsa; yaqin qarindoshi tekshiruv o'tkazilayotgan obyektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo'nalishi bo'yicha mas'ul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo'lsa yoki mazkur tekshiruv obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo'lsa; boshqa har qanday mavjud manfaatlar to'qnashuvi o'ziga ma'lum bo'lib qolsa. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 817 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |