Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 328 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/AH9EfkhdqG |
| Сарлавҳа | Endi o‘zingizga tegishli yerni xususiylashtirishingiz mumkin. |
| Матн |
O‘zbekistonda yer xususiy mulkka aylanmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan) yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin bo‘ldi. Bu borada tegishli qonun va hukumat qarori kuchga kirdi. Fuqarolar o‘zlariga tegishli hovli-uylar (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) joylashgan yer uchastkasini qanday xususiylashtiradi?Vazirlar Mahkamasining 14 fevraldagi 71-sonli qarori bilan, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun asosida 3ta tartib ishlab chiqildi: 1.Jismoniy va yuridik shaxslarning o‘zlariga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi; 2.Tadbirkorlik faoliyati uchun yer uchastkalarini auksionga qo‘yish;
Fuqarolarimizda yakka tartibdagi uy-joy, yuridik shaxslarda esa noturar bino-inshootlar mavjud. Ular o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulkning yer uchastkasini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirib olishi mumkin bo‘ladi (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yerni xususiylashtirish mumkin bo‘lmaydi). Xususiylashtirish mumkin bo‘lgan yerlar: 1.Yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkalari;
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi: 1.Umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish; 2.Yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish. Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qo‘yish mumkin:
Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat budjetiga yo‘naltiriladi. Yangibozor tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi: Akmuratov Xushnud
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-06-15 |
| Кўриш | 516 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |