Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3281 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/JYEbbwD4DF |
| Сарлавҳа | Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi |
| Матн | “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o'rganish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-178-son, 15.05.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, hududlarda yoshlarni raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o'qitishga yo'naltirilgan “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi. Quyidagilar “IT-shaharcha”larning asosiy faoliyat yo'nalishlari etib belgilandi: yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga yo'naltirish, ularning mazkur sohada bilim egallash bo'yicha intilishlarini rag'batlantirish; seminarlar, mentorlik dasturlari va onlayn ta'lim resurslari orqali yoshlarda ularning mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishiga yordam beruvchi raqamli texnologiyalar sohasidagi ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish; dasturlash va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish yo'nalishlarida ta'lim berish, xorijiy tillar, shu jumladan ingliz tiliga o'qitish orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish; yosh avlodni zamonaviy kasblarga o'qitish, shuningdek, ularda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko'nikmalarini oshirish. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 134 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |