Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3292 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/5UyiLKnxAe |
| Сарлавҳа | #Bilasizmi |
| Матн | YPX xodimi maxsus tadbirlar vaqtida transport vositalarini to'xtatishi mumkin YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko'ra to'xtatilishi mumkin: ➖haydovchi tomonidan yo'l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda; ➖transport vositasi, haydovchi yoki yo'lovchi qidiruvda ekanligi, yo'l transport hodisasi yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lganda; ➖yo'l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko'rgan haydovchi yoki yo'lovchidan hodisa tafsilotiga oydinlik kiritish zarurati yuzaga kelganda; ➖vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki taqiqlash bo'yicha ko'rsatmalarini bajarish jarayonida; ➖transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati yuzaga kelganda; Bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo'lgan transport vositalari hamda maxsus mo'ljallangan transport vositalari mustasno. ➖maxsus tadbirlarni o'tkazish jarayonida; ➖transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek, transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun; Bundan maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilib, bojxona xizmat tomonidan plombalangan yuklar mustasno. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 643 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |