Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3297 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/6D77hCnZw4 |
| Сарлавҳа | Charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi |
| Матн | “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-181-son, 20.05.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, Sharof Rashidov tumanida, shuningdek Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi. Sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga to'g'ridan-to'g'ri 7 yilgacha muddatga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi. Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 million AQSH dollaridan ortiq bo'lmagan qismi bo'yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko'p bo'lmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming AQSH dollarigacha qismi qoplab beriladi. Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 459 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |