Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 331 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/153j9b1FIV |
| Сарлавҳа | JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG'I VA YER SOLIG'IGA HISOBLANGAN PENYA SUMMALARI HISOBDAN CHIQARILADI |
| Матн |
"Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag'batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'ymaslik hamda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi: jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i va yer solig'i (noturar ko'chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo'yicha muddatida to'lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari; 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig'ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to'xtatiladi. Fermer xo'jaliklariga 2023 yil 1 iyun holatiga shakllangan suv solig'idan qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat etildi. 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan ko'p bo'lgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlari bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini quyidagi shartlarga bir vaqtning o'zida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etiladi: har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligini ta'minlash; Rasulbek IBRAGIMOV |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-06-16 |
| Кўриш | 951 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |