Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3316 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/ER2gYmVgaY |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн |
OTMlarga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimi takomillashtiriladi “Oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-81-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi
Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yili qabulidan: davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi; davlat buyurtmasi bo'yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; davlat OTMlari uchun o'rnatilgan tartib va shartlar bo'yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi OTMlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; davlat granti kvotalarining OTMlar kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan abiturientlarning tanlovi va to'plagan ballariga ko'ra amalga oshiriladi. 2024/2025-o'quv yilidan har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha OTMning umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta'lim sohalari (bakalavriat ta'lim yo'nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 2025-yildan davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma'lumotli kadrlarga bo'lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 918 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |