Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3317 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/H3k4wmCwO6 |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн |
Ta'lim grantida tahsil olgan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi Farmonga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan OTMlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant va ta'lim granti shaklida ajratiladi. 2024/2025-o'quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta'lim granti bir o'quv yili uchun ajratiladi. Bunda: ➖ta'lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to'plagan talabalarga ajratiladi; ➖ta'lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko'rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ➖ta'lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to'liq ta'lim grantini yutgan talabalarga to'lanadi; ➖ijtimoiy-rag'batlantiruvchi grant sohibi bo'lgan talabalarga davlat granti ularning o'qish davri uchun to'liq hajmda taqdim etiladi; ➖ta'lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o'qishni tamomlaganlaridan so'ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 988 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |