Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3320 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/3HSekiuHtx |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн |
Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish tartiblari takomillashtiriladi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-193-son, 24.05.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo'llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda joriy etiladi: qo'llab-quvvatlash choralari “B” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi: ▫️“AAA” toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi; ▫️“AA” toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi; ▫️“A” toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi; ▫️“BBB” toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi; ▫️“BB” toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi; ▫️“B” toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi; qo'llab-quvvatlash choralari ro'yxatdan o'tganiga 6 oy bo'lmagan, shuningdek, Prezident Farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat'i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi; tadbirkorlarning reyting darajasi: ▪️pasaygan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi; ▪️yuqorilagan taqdirda, qo'llab-quvvatlash choralari keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.
2025-yil 1-yanvardan “subsidiya.mf.uz” platformasida tadbirkorlarga taqdim etiladigan qo'llab-quvvatlash choralarining turlari, muddatlari va tartibini o'z ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 837 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |