Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3350 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/NCJswwx0oi |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн | Temir yo'lda yuk tashish uchun taqdim etilayotgan chegirmalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan: qora va rangli metall lomi va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash va realizatsiya qilish, shuningdek, tabiiy gaz va elektr energiyasining ulgurji va chakana savdo faoliyatlarini litsenziyalash tartibi joriy etiladi; mobil va (yoki) simli telekommunikatsiya tarmoqlariga ega O'zbekistonda faoliyat yuritadigan telekommunikatsiya operatorlariga tezkor-qidiruv faoliyati, axborot va kiberxavfsizlik tizimlari talablariga to'liq rioya qilgan holda sinov tariqasida xalqaro internet tarmoqlariga o'z tijorat ehtiyojlari uchun to'g'ridan-to'g'ri ulanish huquqi beriladi. 2026-yil 1-yanvardan birja savdolarida sotib olingan mis katodi va mis katankasini eksport qilishga cheklovlar bekor qilinadi. 2024-yil 1-sentyabrgacha quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasi Hukumatga kiritiladi: ➖2024-yil 1-oktyabrdan bosqichma-bosqich 2025-yil 1-aprelgacha respublika hududida temir yo'l transportida yuk tashishda taqdim etilayotgan chegirmalar berish amaliyotini bekor qilish; ➖temir yo'l orqali yuklarni tashishda eksport va import tashish xizmatlari uchun tariflarni 2030-yilgacha bosqichma-bosqich birxillashtirish. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 745 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |