Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3357 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/LDTJqafaei |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн | “O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-204-son, 03.06.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi. 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi axborot tizimlari (hisobga olish axborot tizimi) joriy etiladi: iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi; iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo'yicha xavfni tahlil qilish tizimi; iste'mol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi. Bunda: ➖2025-yil 1-yanvargacha hisobga olish axborot tizimlari o'zaro axborot almashinuvini yo'lga qo'yish uchun Soliq qo'mitasi, Bojxona qo'mitasi, Kadastr agentligi, “O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-06-28 |
| Кўриш | 495 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |