Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3490 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/3Y4k2NE3XI |
| Сарлавҳа | Bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi |
| Матн | “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi: Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro'yxati; Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro'yxati; Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar ro'yxati. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko'p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. 2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko'rsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko'ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.
Rasulbek Ibragimov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-07-23 |
| Кўриш | 985 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |