IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3554
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/UK6mmbuLza
СарлавҳаIJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YICHA NAFAQALARNI TAYINLASH UCHUN UMUMIY ISH STAJINI ANIQLASH VA HISOBLASH TARTIBI QANDAY BO‘LADI ?
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalari tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomiga asosan . Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.

Umumiy ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘lmaganda ish davri guvohlar ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.

Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman saqlanmagan bo‘lsa, ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko‘rsatmalari asosida yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-08-29
Кўриш533
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive