Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3604 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/oKbs0oJTaq |
| Сарлавҳа | Tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi |
| Матн | “O'zbekiston Respublikasida tibbiy va sog'lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-335-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, quyidagilar belgilandi: ➖“Tibbiy xizmatlar mehmondo'stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi; ➖davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi; ➖konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko'rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo'lga qo'yiladi; ➖“Avitsenna” nomi ostida O'zbekistonning tibbiy va sog'lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi; ➖toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo'lga qo'yiladi; ➖tog'li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) obyektlari mavjud bo'lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi; ➖2025-yil 1-aprelgacha internet tarmog'i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog'lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to'lovi to'lashdan ozod qilinadi. Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Bayjanov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-26 |
| Кўриш | 271 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |