Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3654 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/EpluUFek9a |
| Сарлавҳа | XODIMGA QANDAY HOLLARDA KOMPENSATSIYA TO’LOVLARI TO’LANISHI MUMKIN? |
| Матн | Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart: xizmat safarlarida bo‘lganda; sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda; ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda; ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda; xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan; xodim Mehnat kodeksi 234-moddasi birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun; ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan. Shovot tumani boʻlimi YXKM bosh yuriskonsulti D.А.Аzamatova |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-26 |
| Кўриш | 588 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |