Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3676 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/2dTYiyNXAl |
| Сарлавҳа | Er-xotin nikohdan ajratilayotganida sud tomonidan qanday masalalar hal etilishi kerak? |
| Матн | Oila kodeksining 44-moddasiga asosan,er-xotin nikohdan sud tartibida ajratilayotganda sud: nikohdan ajratilgandan keyin voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashini aniqlashi; voyaga yetmagan bolalarga taʼminot berish uchun ota-onaning qaysi biridan va qancha miqdorda aliment undirilishini aniqlashi; er va xotinning (ulardan birining) talabiga ko‘ra ularning birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lishi; er (xotin)dan taʼminot olishga haqli bo‘lgan xotin (er)ning talabiga ko‘ra ana shu taʼminot miqdorini belgilashi shart.Mol-mulkni bo‘lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo‘lgan hollarda sud mol-mulkni bo‘lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi. Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi. Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-27 |
| Кўриш | 751 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |