Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3702 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/OsVoiaRqQg |
| Сарлавҳа | Kimlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin? |
| Матн | Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. 1) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa; 2) uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tugʼruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; 3) ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir ko‘rsatsa; 4) muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa; 5) o‘z bolalarining hayoti yoki sogʼligʼiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʼligʼiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-27 |
| Кўриш | 431 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |