Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kimlar kiradi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3705
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/qZ6XSKYW2p
СарлавҳаKichik tadbirkorlik sub’ektlariga kimlar kiradi?
Матн

O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012 yildagi 328-sonli Qonunga asosan,

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

ishlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:

engil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;

metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;

fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-27
Кўриш275
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive