Kimlar sudlangan hisoblanadi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3722
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Lo9ORENU5x
СарлавҳаKimlar sudlangan hisoblanadi?
Матн

Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi.Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi. Sudlanganlik mazkur Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.Jazoni o‘tagan, ammo qonunning o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-28
Кўриш864
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive