Vasiylik va homiylik kimlarga tayinlanadi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3774
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/wNp6omiUdU
СарлавҳаVasiylik va homiylik kimlarga tayinlanadi?
Матн

Fuqarolik kodeksining 32-moddasiga asosan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to‘liq layoqatli bo‘lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi.

Vasiylar va homiylar o‘z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.

Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari bo‘lmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek bunday fuqarolar boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona himoyasidan mahrum bo‘lib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan hollarda belgilanadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-28
Кўриш384
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive