Dehqonchilik uchun yerlar aholiga ijaraga berilishi mumkinmi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3776
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/6wQkMtTmWn
СарлавҳаDehqonchilik uchun yerlar aholiga ijaraga berilishi mumkinmi?
Матн

Prezidentning 10.09.2022 yil kungi PQ-373-son “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʼrisida”gi qarori qabul qilingan.Qarorga ko‘ra, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʼalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2023 — 2025 yillarda 120 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish belgilangan.

Mazkur ekin maydonlari 30 yil muddatga:

suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan – Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda;

kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ijaraga beriladi.

“Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligi uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyozlar bir yilga saqlab qolinadi.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-28
Кўриш297
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive