Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3814 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/tUZxtWE75x |
| Сарлавҳа | Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan davlat tomonidan qanday kafolatlar bor? |
| Матн | Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, o‘rta maxsus, ta’lim muassasalariga tarbiyaga berilgan kundan e’tiboran to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan etim bolalarga va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari bilan ta’minlash, ular ta’lim muassasalarini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy ta’minot buyumlari sotib olish uchun nafaqa to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-28 |
| Кўриш | 326 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |