Ijara shartnomasini bekor qilish tartibi qanday?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3830
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/0xPsNLiVQ0
СарлавҳаIjara shartnomasini bekor qilish tartibi qanday?
Матн

Ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Bu asoslar jumlasiga quyidagilar kiradi:

ijara puli 6 oy mobaynida yoki qisqa muddatli ijarada esa shartnomadagi muddatdan keyin 2-martadan ko‘proq haq to‘lanmagan bo‘lsa;

uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur etkazilsa;

uy-joydan g‘ayriqonuniy maqsadlar uchun foydalanilgan bo‘lsa.

Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.Ijaraga oluvchi bundan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.Ijaraga beruvchining ijaraga turgan shaxsni uy-joydan chiqib ketish yoki ortiqcha haq to‘lashga oid noqonuniy talablar ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-28
Кўриш957
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive