1-kurs talabalari ham akademik ta’til olsa bo‘ladimi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД3840
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/ovvIvswO3N
Сарлавҳа1-kurs talabalari ham akademik ta’til olsa bo‘ladimi?
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, akademik taʼtil berishda talaba o‘qiyotgan kursga nisbatan cheklov mavjud emas. Bundan oldin amalda bo‘lgan nizomga ko‘ra, birinchi kurs talabalariga akademik taʼtil faqat talabalarning kasalligi tufayligina berilishi mumkin bo‘lgan.

Ushbu tartib 2021/2022 o‘quv yilidan eʼtiboran bekor qilingan.

O‘rnatilgan yangi tartibga muvofiq akademik taʼtil o‘quv yilining har qanday qismida beriladi va o‘qish davomida akademik taʼtil berilishi bo‘yicha miqdoriy cheklovlar bekor qilingan.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-28
Кўриш425
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive