Asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД387
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/IFqq3PY09w
СарлавҳаAsossiz qarzdorlik bartaraf qilindi
Матн

         Tuman adliya bo‘limi tomonidan  Gurlan tumani “Paxtakor” mahallasida yashovchi fuqaro J.Maxmudovning “Toza hudud” korxonasidan bo‘lgan qarzdorligiga aniqlik kiritib berish masalasida qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, qattiq chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha tuzilgan ommaviy shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun J.Maxmudovning oilasidagi 8 nafar jon boshidan kelib chiqib, to‘lov tarifi belgilab kelingan va qarzdorligingiz miqdori 625.400 so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, murojaatingizni ko‘rib chiqish jarayonida “Xorazm gaz payvandchilari” MChJ PBK Gurlan tuman filiali tomonidan fuqaroning qarzdorligi qayta ko‘rib chiqilib, oilaning 4 nafar a’zosi bugungi kunda ishlash uchun chet davlatga chiqib ketganligi va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lganligi sababli ommaviy shartnoma talablaridan kelib chiqib, qarzdorligingiz qayta hisob-kitob qilinib, bu haqda tuzilgan dalolatnomaga asosan ortiqcha hisoblangan qarzdorlik “Billing” tizimidan chiqarilib, yakuniy qarzdorlik 207.400 so‘mga kamaytirilishi ta’minlandi.

 

E.Ro‘zmetov

Gurlan tuman adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-07-19
Кўриш157
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive