Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 393 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/VKu5zGHqSR |
| Сарлавҳа | Yangilangan Konstitutsiyada oilaviy munosabatlar |
| Матн |
Yangi qabul qilingan Konstitutsiya milliy davlatchilik taraqqiyotining muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishini belgilab berdi. Unda O`zbekistonni barpo etish bo`yicha orzu-umidlari va intilishlari o`z aksini topganligi ayniqsa o`n to`rtinchi bobi oila, bolalar va yoshlar deb yangi tahrirda nomlanib, ko`plab normative qoidalar muhtahkamlab qo`yildi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shuningdek 80-moddada esa, voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Yangibozor tuman FHDY bo`limi mudirasi: Xolida Madaminova |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-07-26 |
| Кўриш | 186 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |