Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 3940 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/rqU7hqNbNb |
| Сарлавҳа | Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi |
| Матн | Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:
➖2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
➖2021-yil 8-iyunga qadar (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
➖bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
➖kichik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
➖davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
➖hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
▫️yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi; ▫️yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi; ▫️yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi; ▫️muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi; ▫️bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa); ▫️har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).
Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-30 |
| Кўриш | 374 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |