Yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4027
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/CjnIKRKDdS
СарлавҳаYoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
Матн

 Qarorga  (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8045)ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

 

 2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.

 

 Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan ko'mir yoqilg'isining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatiladi hamda bunday uskunalarni o'rnatish uchun issiqxona xo'jaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi.

 

 2025–2030-yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog'” va “yashil bog'lar” tashkil qilinadi.

 

2028-yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg'isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-30
Кўриш195
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive