Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 4040 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/gds4tGXU5F |
| Сарлавҳа | Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi |
| Матн | Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/8030) ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
2025-yil 1-yanvardan kambag'al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
2025/2026-o'quv yilidan, kambag'al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
2025-yildan “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan kambag'al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:
➖kambag'al oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
➖tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so'mgacha bo'lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko'chma do'konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-30 |
| Кўриш | 327 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |