Ayrim tovarlar va xizmatlar bo'yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4058
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/RzJBZSqjhr
СарлавҳаAyrim tovarlar va xizmatlar bo'yicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi
Матн

“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-140-son, 18.09.2024 y.) qabul qilindi

 

 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

 

yo'lovchilarni yagona tariflar bo'yicha tashish xizmatlarini ko'rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizasiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha imtiyozlar bekor qilinadi;

 

yangi barpo etilayotgan bog'lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo'yicha soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-30
Кўриш829
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive