Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-957-son, 07.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4092
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/cVtsiiVYhJ
СарлавҳаPrezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-957-son, 07.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
Матн

 Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining, Sport vazirligining, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining nomlanishi va vakolatlari, shuningdek Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining nomlanishi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

 

 Shuningdek, “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunga o'rta maxsus, professional, oliy ta'limni hamda oliy ta'limdan keyingi ta'limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

 

 Bundan tashqari, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo'yicha vakolatlar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o'rtasida taqsimlanishi belgilanmoqda.

 

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-30
Кўриш245
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive