Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4096
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/2NAwJaVkxq
СарлавҳаKichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash dasturi takomillashtiriladi
Матн

“Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son, 07.09.2024 y.) qabul qilindi

 

 Qarorga ko'ra, “Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etiladi:

 

bir loyiha doirasida 300 million so'mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so'm garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag'lari hisobidan, 200 million so'mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o'z mablag'lari hisobidan ajratish;

 

garovsiz ajratilgan 100 million so'm doirasida mikrokreditlar bo'yicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar o'rtasida taqsimlash yoki ular bo'yicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;

 

mikrokredit beruvchilar tomonidan o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan 100 million so'mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga o'tish.

 

✅ Dastur doirasida 100 million so'mgacha garovsiz mikrokreditlar:

 

➖ kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;

 

➖ 2024-yil 1-noyabrdan kichik tadbirkorlik subyektlari ro'yxatdan o'tgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:

 

▫️5-toifa uchun – 12,5 foiz;

▫️4-toifa uchun – 13,5 foiz;

▫️3-toifa uchun – 14,5 foiz;

▫️2-toifa uchun – 17,0 foiz;

▫️1-toifa uchun – 18,0 foiz.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-30
Кўриш413
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive