Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 4114 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/Tz4HGCBWyX |
| Сарлавҳа | “O'zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-308-son 30.08.2024 y.) qabul qilindi |
| Матн | Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
2024–2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar;
2024–2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi.
✅ Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
➖yirik shaharlar o'rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 km zamonaviy pullik magistral avtomobil yo'llarini qurish va modernizasiya qilish, shu jumladan Toshkent–Samarqand yo'lini qurish ishlarini 2024-yilda hamda Toshkent–Andijon yo'lini 2026-yilda boshlash;
➖yillik energiya yo'qotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan holda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027-yil 1-iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027-yil yakuniga qadar xususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolash;
➖yiliga qo'shimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028-yilga qadar barcha ma'nan eskirgan irrigasiya nasos stansiyalarini modernizasiya qilish bo'yicha kelishuvlarga erishish;
➖toza va doimiy ichimlik suvi bilan ta'minlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv ta'minoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan holda 2028-yil yakuniga qadar har bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizasiya qilish va boshqaruvga berish uchun xususiy kompaniyalarni jalb qilish;
➖400 mingdan ortiq o'quvchilar sig'imiga ega zamonaviy ta'lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig'imiga ega maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish;
➖ilg'or texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat ko'rsatuvchi ko'p tarmoqli shifoxonalarni qurish va ularni xususiy operatorlar boshqaruviga berish. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-09-30 |
| Кўриш | 112 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |