O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish qanday asoslarga ko’ra beriladi?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4125
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/3Lth8wwHaK
СарлавҳаO‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish qanday asoslarga ko’ra beriladi?
Матн

O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish” to‘g‘risidagi qonunga asosan, fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa berilishi ko‘rsatib o’tilgan.

(Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.)

Hazorasp tuman adliya bo‘lim boshlig‘i Y.Baltayev

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-09-30
Кўриш517
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive