AYRIM KLINIK ORDINATURA VA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA QABUL FAQAT DAVLAT GRANTI ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД421
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/jzf2rhyqA3
СарлавҳаAYRIM KLINIK ORDINATURA VA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA QABUL FAQAT DAVLAT GRANTI ASOSIDA AMALGA OSHIRILADI
Матн

“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–196-son, 19.06.2023 y.) qabul qilindi 
Qarorga ko'ra, 2023 yil 1 avgustdan quyidagilar joriy etiladi: 
-  tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
-  stasionar o'ringa ega bo'lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo'lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;
-  stasionar o'ringa ega bo'lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo'limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.
2023/2024 o'quv yilidan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
2023 yil 1 iyuldan tuman (shahar) ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalaridagi psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suisidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-08-09
Кўриш459
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive