Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 4314 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/b35m7BVLwK |
| Сарлавҳа | SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI RIVOJLANTIRILADI |
| Матн | “Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi -Qarorga ko'ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi: Sun'iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish bo'yicha erishish lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar, shu jumladan: -sun'iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko'rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish; -YIDXP (my.gov.uz) da sun'iy intellekt asosida ko'rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish; -sun'iy intellekt yo'nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish; Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O'zbekistonni birinchi 50 ta o'rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish. 2025-yil 1-sentabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko'rgan holda “katta ma'lumotlar” bazasi yaratiladi. 2026-yil 1-maygacha sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi. Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Y.S.Xo’jamuratova |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-11-15 |
| Кўриш | 893 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |