Eng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4368
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/wtmcEhmDik
СарлавҳаEng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi
Матн

“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-330-son, 23.09.2024y.) qabul qilindi.Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi: “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi; 2024–2025-yillarda aholini kambag'allikdan chiqarishning yo'nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko'rsatkichlari. Shuningdek, eng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro'yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi.  2024-yil 1-dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024–2025-yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar tasdiqlanadi.  Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so'm, 2025-yilda 15 trillion so'm kreditlar ajratilishi ta'minlanadi.

Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti A.A.Sharipboyev

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-11-29
Кўриш238
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive