Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 4698 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/Grc4eMCEyr |
| Сарлавҳа | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 579-sonqarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilariga ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga qara |
| Матн |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 27-maydagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda: oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish; oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim kreditini ajratish (bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari mustasno). Shuningdek, quyidagilarga ta’lim krediti ajratilishi belgilandi: oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (NEMIS) aхborot tizimlarida talabalar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda; professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) aхborot tizimida oʻquvchilar toʻgʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlgan taqdirda. Oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-iyundagi “Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va teхnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 389-son qaroriga kiritildi.
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.N.Aminov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-12-14 |
| Кўриш | 966 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |