Fuqarolar o'z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma'muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to'lamaydi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4735
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/eZ0maZJ82z
СарлавҳаFuqarolar o'z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma'muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to'lamaydi
Матн

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–897-son, 16.01.2024-y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

 

Unga ko'ra, jismoniy shaxslar o'z huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

 

Mazkur shaxslarning talablarini qanoatlantirish to'liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

 

➡ Bunday holatlarda fuqarolardan berilgan arizalar bo'yicha undiriladigan davlat boji BHMning 70 foizi etib belgilandi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida edi).

 

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti  R.N.Aminov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-12-14
Кўриш128
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive