ELEKTROTEXNIKA JIHOZLARINING ENERGIYa ISTE’MOLI VA UNI TEJASh YO’LLARI

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД4741
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/GOEcBDKID8
СарлавҳаELEKTROTEXNIKA JIHOZLARINING ENERGIYa ISTE’MOLI VA UNI TEJASh YO’LLARI
Матн

Qishning sovuq kunlari keldi deguncha barcha oilalarda elektr energiyasida ishlovchi qurilmalarga bo’lgan talab ortib ketadi. Bu nafaqat elektr energiyasidan foydalanish yuklamasi ortishiga balki iste’molchilarning hamyoniga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Biz quyidagi maqolada siz uchun elektr jihozlardan foydalanganda elektr tokini tejashga erishish mumkin:

Qishning tezkor o’zgaruvchan ob-havosi sharoitida elektr isitgichlarning ishlash darajalarini doim ham nazorat qilib tura olmaysiz. Smart termostatlar esa uy ichidagi havo haroratiga qarab, inson omilisiz elektr isigichni kerakli haroratga sozlash imkoniga ega.

Energiya tejovchi LED (light emitting diode) lampalardan foydalaning. LED lampa ko’proq yorug’lik chiqaradi, buning ortidan siz bitta xonaga 2-3 ta cho’g’lanma lampa qo’yganingizdan ko’ra 1 dona LED lampa o’rnatishingiz yetarli degani.

Imkoni boricha kamroq issiqlik hosil qiluvchi muzlatgichlarni xarid qiling. Ushbu qurilma uchun normal harorat darajasini 1.6 dan 3.3*C gacha saqlash tavsiya qilinadi.

TV va media vositalarini ishlatganingizda ularning smart deaktivatsiya xususiyatlaridan foydalaning. Ushbu xizmatlar siz televizor ko’rishni to’xtatganingizda yoki uxlab qolganingizda elektr jihozini avtomatik o’chirish imkonini beradi. 

 

Rasulbek Ibragimov

viloyat adliya boshqarmasi

Sho’ba boshlig’i

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-12-16
Кўриш515
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive