Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 495 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/g9HZMpcPzI |
| Сарлавҳа | “Ma'muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–151-son, 28.08.2023 y.) qabul qilindi |
| Матн |
Farmonga ko'ra, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish bosh boshqarmasi va tumanlar bo'limlari Toshkent shahri hokimligi bo'ysunuvidan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi bo'ysunuviga o'tkazilib, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi va tumanlar bo'limlariga aylantiriladi. Shuningdek, qurilish faoliyati subyektlarining (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi bo'yicha) majburiy tartibdagi nazorat tadbirlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida amalga oshiriladi. Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yo'nalishlari bo'yicha har 3 yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etiladi: 2023 yil 1 oktabrdan: ➖loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo'nalishlar bo'yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar; 2024 yil 1 yanvardan: ➖nazorat o'lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar; 2024 yil 1 apreldan: tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari; Bunda, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo'yicha ishchi organ funksiyasi Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi. Rasulbek IBRAGIMOV |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-11 |
| Кўриш | 742 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |