Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 502 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/KtwQikPfxA |
| Сарлавҳа | «Direktor oʼrinbosari ushbu lavozimda 2016-yil 1-apreldan to hozirgi kunga qadar ishlaydi. 2023-yil may oyidan boshlab u navbatdagi taʼtilga ariza yozdi. Yangi MK boʼyicha toʼliq ish yili uchun direktor oʼrinbosariga necha kunlik taʼtil berilishi kerak? U |
| Матн | – Bitta tashkilotda yoki tarmoqda koʼp yillik ish staji oxirgi lavozimda ishlash davridan emas, balki tashkilotda (tarmoqda) ishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblab chiqariladi. Mehnat kodeksi haq toʼlanadigan har yilgi asosiy mehnat taʼtilining eng kam davomiyligini belgiladi – yigirma bir kalendar kun (MK 217-m.). Yangi mehnat kodeksiga muvofiq qoʼshimcha yoki uzaytirilgan taʼtillar egallab turgan lavozimga bogʼliq emas. Аmmo har bir tashkilot ichki hujjatlar yoki ish beruvchi va xodim oʼrtasidagi kelishuv boʼyicha asosiy mehnat taʼtilining boshqa (oshirilgan) miqdorini belgilashga haqli, ammo kamida 21 kalendar kun. Koʼp yillik ish staji uchun haq toʼlanadligan qoʼshimcha taʼtil (MK 220-m.) asosiy taʼtilga qoʼshiladi: 5 yillik ishdan keyin – qoʼshimcha taʼtilning 2 kalendar kuni; 10 yillik ish uchun – qoʼshimcha taʼtilning 4 kalendar kuni; 15 yillik ish uchun – qoʼshimcha taʼtilning 6 kalendar kuni; 20 yillik ish uchun – qoʼshimcha taʼtilning 8 kalendar kuni. Mehnat kodeksi 220-moddasi 1-qismga muvofiq bitta tashkilotda yoki tarmoqda 20 yildan ortiq ish stajida bu asos boʼyicha qoʼshimcha kunlar miqdori endi oʼzgarmaydi.
Tuproqqal’a tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi Bosh yuriskonsulti Eshchanov Ixlosbek Ilhom o`g`li |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-12 |
| Кўриш | 235 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |