Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 512 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/oWUnv6eJ8Y |
| Сарлавҳа | TADBIRKORLIK SOHASIDAGI MAJBURIY TALABLAR YAGONA ELEKTRON REYESTRINI SHAKLLANTIRISH VA YURITISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM TASDIQLANDI |
| Матн |
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 385-sonli Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Qarori bilan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-son Farmoniga asosan: Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Yagona reyestr) tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish vositalari bo‘yicha belgilangan barcha talablar, ularning muddatlari, ular bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlar, talablarga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar, nazorat qiluvchi organlar, tekshiruv shakllari hamda javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi; Yagona reyestrga ma’lumotlar tegishli sohani tartibga soluvchi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilishi belgilandi. Qarorga asosan: Yagona reyestrni ishlab chiqish va ishga tushirish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi; Rasulbek IBRAGIMOV |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-18 |
| Кўриш | 737 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |