Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 5156 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/xzq5AcXgFz |
| Сарлавҳа | “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-228-son, 21.06.2024 y.) qabul qilindi |
| Матн | Qarorga ko'ra, 2025 yil 1 yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (Virtual akademiya) joriy etiladi. ✅ Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish; korrupsiyaga qarshi kurashishga mas'ul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo'lgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, ko'nikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish; davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar bo'yicha elektron ma'lumotlar bazasini yuritish; korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-12-27 |
| Кўриш | 337 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |